avatar
Куч
1015.58
Рейтинг
+390.36

Pardaboyeva Lola Rashid qizi

Мақолалар

O‘zbekistondagi Qoyatosh Rasmlari

JizDPI
Илм-фан

Mezolit ( mil.av.12-7 ming) davrida yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy tasviriy san’at mo‘jizalarini yarata boshlaganlar. Bular asosan g‘orlarga va qoya toshlarga qizil bo‘yoq yordamida yoki o‘ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralaridir. Bunday yodgorliklar Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy darasida, Jizzax viloyatining Takatosh mavzesida, Buxoro viloyatidagi Sarmishsoy va Qorungursoy, Toshkent viloyatining Parkent, Chotqol tog‘ tizmalarida o‘rganilgan. Qoyatosh va g‘or devorlaridagi rasmlar qadimgi tarixning ajoyib yodgorliklari bo‘lib, ular O‘rta Osiyoning, xususan O‘zbekistonning tog‘li hududlarida keng tarqalgan. Bu rasmlar o‘yib-urib, ishqalash, chizish yo‘li bilan ishlangan. Bu rangdor tasvirlar mezolit va neolit davrlariga mansub bo‘lib, ularda sigirlar, tog‘ echkilari, bo‘rilar, qulonlar, bug‘ular, it, ot kabi hayvonlarning rasmlari ko‘plab uchraydi.


Eng Qadimgi Geografik Kashfiyotlar

JizDPI
Илм-фан

45 asr avval hozirgi shimoliy Suriya va Livan hududida tuzilgan Ebla istilochi davlat emas edi. Shunday bo‘lsada, uning aholisi (eblaitlar) Zakata dengizining shimoli-sharqiy qirg‘oqlari (O‘rtayer dengizini ular shunday ataganlar)dan sharqqa Yevfratning o‘rta oqimigacha va shimolga Anatoliya yassitog‘ligigacha va Arman Tavr tog‘ tizmalarigacha tarqalib, o‘z hududlarini kengaytirdilar.



OSTONA E’TIQODI O‘TMISH VA BUGUN

JizDPI
Илм-фан

Diniy e’tiqodning yuzaga kеlishi va uning mavqеini tushirmasdan ushlab turish uchun zaruriy va asosiy muhitlardan biri diniy marosim bo‘lib, uning maqsadi asosiy g‘oyani ifodalashga qaratilgan bo‘ladi. Mazkur e’tiqod davlat darajasiga ko‘tarilgach, diniy marosim umumxalq miqyosiga ko‘tariladi va asrlar osha insonlar ruhiy dunyosiga hukmronlik qiladi.